8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

09:00 / 14.05.2019 2512

«Genesys» kompaniyasidan «Ramazon tuhfasi» aksiyasi: «Sultania» turar-joy majmuasidan kvartira xarid qiling va sovg‘alarga ega bo‘ling!

Muqaddas Ramazon oyi davomida «Sultania» turar-joy majmuasidan kvartira xarid qilgan har bir mijozga «Genesys» maishiy texnika hadya qiladi.

Yangi «Sultania» turar-joy majmuasi Toshkentning markazidagi nufuzli tumanlardan birida joylashgan. Endi qulay, ko‘rkam uy-joy xarid qilgach maishiy texnikalar haqida o‘ylamasligingiz mumkin: ularni mutlaqo bepul qo‘lga kiritasiz. «Genesys» o‘z turar-joy majmualaridan kvartira sotib oladigan xaridorlari uchun eng yuqori sifatdagi sovg‘alarni tayyorlagan. LG kompaniyasidan muzlatgich, kir yuvish mashinasi, plazmali televizor va boshqa ko‘plab maishiy texnikalar yangi uyingizga qo‘shimcha yoqimli sovg‘a bo‘la oladi.

Muqaddas Ramazon oyida kvartira sotib olgan har bir xaridor bepul konditsionerga ham ega bo‘ladi. «Genesys» kompaniyasi mijozlari uchun yanada ko‘p sovg‘alarni tayyorlab qo‘ygan.

Sifatli va ishonchli maishiy texnika qulayligimizning muhim qismlaridan biri. Changni filtrlash tizimiga ega LG 420W kuchli kompressorli changyutgichi va ko‘plab qo‘shimcha funksiyali dazmol «Genesys» developerlik kompaniyasi Toshkent shahri markazida barpo etayotgan «Sultania» turar-joy majmuasidagi bir xonali kvartirangiz uchun eng zaruriy buyumlar hisoblanadi.

Ushbu «Sultania» turar-joy majmuasida ikki xonali uy xarid qilib LG DirectDrive innovatsion kir yuvish mashinasiga mutlaqo bepul ega bo‘lishingiz mumkin. Kir yuvish mashinasi bir martada 6 kilogrammgacha kiyimlarni yuvishga mo‘ljallangan bo‘lib, uy bekalari uchun beqiyos yordamchi bo‘la oladi. 2019 yilgi Ramazon oyi davomida turar-joy majmuasidan ikki xonali kvartira xarid qilganlarga mazkur buyum sovg‘a qilinadi.

Yirik, yuqori texnologik LG Invertor Linear Compression muzlatgichi uch xonali uy xarid qilganlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘la oladi. Muzlatgich 32 foizgacha elektr energiyani tejaydi, chiroyli dizayn esa «Sultania» turar-joy majmuasidagi 3 xonali kvartiralar intereriga mos keladi. «Sultania» turar-joy majmuasini quradigan «Genesys» developerlik kompaniyasi aholi yashash sharoitini butunlay qulay va ko‘rkam qilishga qaror qildi. Bundan unumli foydalanib qolish uchun esa Ramazon oyi davomida kompaniya mijozlaridan biriga aylanish kifoya.

«Sultania» turar-joy majmuasidan 4 xonali kvartira xarid qilgan mijozlarga Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan 55 dyum diagonaldagi televizor sovg‘a qilinadi. Agar siz ushbu betakror turar-joy majmuasidan 4 xonali kvartira sotib olsangiz, televizor haqida qayg‘urmasangiz ham bo‘ladi – «Genesys» developerlik kompaniyasi sizga ultrazamonaviy LG SmartTV plazma telivizorini hadya qiladi.

Bundan tashqari, 2019 yilgi Ramazon oyi davomida xarid qilingan har bir kvartiraga LG konditsionerlari bepul o‘rnatilib beriladi.

Murojaat uchun telefon: +99871 200 61 16

«Sultania» turar-joy majmuasi

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 10

Mo‘ljal: «Wunderkind» maktabi/bog‘chasi

Sayt: www.genesys.uz

E-mail: sales@genesys.uz

Facebook: fb.com/genesysdev

Instagram: @genesysdev

Reklama huquqi asosida

 

 

Teglar

Top