Toşkent – aksariyat özbekistonliklar uçun yaxşi hayot uçun umiddir. Aniqroği, poytaxtdan taşqari yaşovçilar uçun. Ammo ularni şaharga nima rom etadi va uning tölaqonli yaşovçisiga aylanişning iloji bormi? Masala yeçimini topişga harakat qilamiz.

Toşkentda yaşaş – uşalmas orzumi?

Ota-onalarni asosan nima bezovta qiladi? Albatta, farzandlarining kelajagi. Nafaqat Özbekistonda, balki butun dunyoda ota-onalar öz vorislarining baxtli va badavlat hayotini ta'minlaş yölida bel boğlaşadi.

Ba'zilar moliyaviy barqarorlikka tayanadi. Toşkentdagi vaqtinça yoki doimiy iş joy, öz oilasini yaxşiroq boqiş imkoniyatini beradi. Boşqalar esa oliy ma'lumotga işonadi. Nufuzli oliy öquv yurtida tahsil oliş, yuqori maoşli işga joylaşiş yoki biznes yaratişga poydevor böladi. Poytaxt öquv muassasalari bu borada raqobatdan yiroqdir. Ammo Toşkent şahrida tuğilmagan fuqarolarning poytaxtda öqiş va yaşaş sari yölini yengil deb bölmaydi.

Asosiy tösqinlar – uy joy ijarasi va propiska. Ijaradagi xonadon tölovi oylik maoşning yarmi, ba'zilarda esa ortiğini taşkil etişi mumkin. Şu bilan birga – Toşkent propiskasi yöqligi. Bu vaqtinça propiskani har yarim yilda uzaytiriş, mutasaddilar tomonidan doimiy nazorat kabi noxuş holatlarga olib keladi. Barça ham bunday yuklamalarga bardoş bera olmaydi.

Ammo, yagona töğri qaror şu kabi muammolarni bartaraf etsa-çi?

Qayta röyxatdan ötiş va ijaraçilarga tobe bölmasdan poytaxtning baxtli yaşovçisiga aylaniş yöli – mavjud.

Toşkentda propiska bilan xonadon xarid qilsa böladimi?

Investitsiya evaziga fuqarolik haqida eşitganmisiz? Bunda davlat iqtisodiyotiga ma'lum miqdorda pul mablağini kiritgan holda, uning fuqarosiga aylaniş mumkin. Karib havzasi mamlakatlari şu orqali özlarining moliyaviy ahvollari va infrastrukturani yaxşilaydilar. Şu kabi «kiritişlar» turizm, ta'lim, soğliqni saqlaş sohalarini rivojlantirişga zamin yaratadi.