8458.16 USD +9.27

9501.05 EUR +38.29

129.74 RUB -0.07

10994.8 GBP -133.27

21:39 / 16.05.2019 21295

Dubay hukmdori Ol Maktumning uch o‘g‘li bir kunda nikoh qurdi

BAA vitse-prezidenti va Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Ol Maktumning uch o‘g‘li 15 may kuni nikoh qurdi.

16 may kuni BAAning ommaviy axborot vositalari davlat boshqarmasi Dubay hukmdorining uch o‘g‘li bir kunda nikoh qurganini rasman tasdiqladi

Dubai Media Office’ning xabar berishicha, aka-ukalardan to‘ng‘ichi, Dubay valiahd shahzodasi, 36 yoshli shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum Shayxa bint Said bin Soni Ol Maktum bilan nikoh qurdi.

35 yoshli Shayx Maktum bin Muhammad Ol Maktum esa shayxa Mariam bint Buti Ol Maktumga, 32 yoshli Ahmad bin Muhammad Al Maktum shayxa Midya bint Dalmuj Al Maktumga uylangan.

Ma'lum qilinishicha, shariatga ko‘ra barcha uch juftlik nikoh shartnomalarini imzolagan 15 maydan boshlab qonuniy nikoh qurgan hisoblanadi, biroq to‘y tantanalari hali oldinda.

Amirliklar ijtimoiy tarmoqlarida shahzodalarning nikoh qurgani haqidagi yangilikdan ko‘ra Dubay valiahd shahzodasining bo‘lg‘usi rafiqasi bilan yoshliklarida tushgan suratlari ko‘proq tahsinga sazovor bo‘lgan.

Top