Insonlar va kapitallar kelişi sekinlaşmoqda, Dubayga joylaşib olgan rossiyaliklar sarmoyalarini qisqartirib, yo Rossiyaga qaytişmoqda yoki boşqa davlatlarga köçib ketişga majbur bölişmoqda, deb yozadi Bloomberg.

Henley & Partners’ning Yaqin Şarq böyiça direktori Filipp Amarantning Bloomberğga ma’lum qilişiça, bu borad «trend pastlamoqda», ya’ni tobora rossiyaliklarning kamroği BAAga örnaşib olgan: «Rossiyalik mijozlarimning ayrimlari ikki yil muqaddam xarid qilingan Dubaydagi köçmas mulklarga sarmoyalarini qisqartirdi». Ayrimlari Moskvaga qaytib ketişdi, degan rieltor. Betterhomes rieltorlik kompaniyasining ma’lumotlariga köra, 2022 yilda BAAda köçmas mulk xarid qiliş böyiça birinçi örinni egallagan Rossiya fuqarolari 2023 yilda 3-öringa tuşib ketgan.

Banklar Rossiya kompaniyalariga nisbatan ham sinçkovlik bilan tekşiruvlar olib bormoqda. Bu sanksiyalarni çetlab ötişga imkon qoldirmaslikka harakat qilayotgan AQŞning bosimlari bilan ham boğliq, şuningdek amirlik hokimiyati FATF me’yorlariga amal qilişayotganini namoyiş etişga intilib kelişmoqda. Rossiyaliklarga qarşi me’yorlarni sönggi oylarda Emirates NBD Bank, Mashreqbank, First Abu Dhabi Bank, Misrning Banque Misr bankining Dubay bölimi kuçaytirgan.

Logistika va bank bilan boğliq murakkabliklardan söng «Norilskiy nikel» AJ BAAda savdo vakolatxonasi oçiş fikridan qaytgan. Narxlar qimmatligi uçun «Yevroxim» ham Dubaydagi ofisining bir qismini yopib, Moskvaga köçirgan.

Masalan, «VTB kapital»da işlab çiqariş uskunalari bilan band bölgan Ivan Kozlov 2022 yilning mayida Dubayga köçib ötgan edi, endi esa u Yevropaga köçmoqçi. Kozlov Dubaydagi boşqa ruslarda ham mamlakatni tark etiş kayfiyati hukmron ekanini aytgan: «Bu xuddi aeroportdagi qahvaxonaga öxşaydi, hamma öz reysini kutib ötiribdi».