8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

16:34 / 20.05.2019 2575

Bojxonachilar 392 mln so‘mlik dori vositalarini to‘xtatib qolishdi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan sifati kafolatlanmagan dori mahsulotlarini yurtimizga noqonuniy tarzda olib kirilishiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Xususan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro A.X.ga tegishli bo‘lgan 4 dona sport sumkalari xolislar ishtirokida tekshirildi.

Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida noqonuniy tarzda olib kelinayotgan qiymati 392 million so‘mlik 28 ming dona sifati kafolatlanmagan “Montalin” nomli bo‘g‘im og‘riqlariga qarshi dori vositasi borligi fosh etildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Top