8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

10:30 / 22.05.2019 8427

«Lokomotiv» kambek qilgan va OChL «eshiklarini qattiq yopib ketgan» o‘yindan fotogalereya

21 may kuni Toshkentning «Lokomotiv» klubi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi oxirgi o‘yinini o‘tkazdi. «Temiryo‘lchilar» 6-tur o‘yinida xuddi o‘zi kabi o‘tgan turdayoq pley-off yo‘llanmasidan mahrum bo‘lgan «Ar Rayyan»ni qabul qilishdi.

Osiyo Chempionlar ligasi
6-tur
«Lokomotiv»—«Al-Rayan» 3:2

Gollar: 0:1 — 2 Tabata, 0:2 — Viyera, 1:2 — 35 Mirzayev, 2:2 — Abduholiqov, 3:2 — 61 Abduholiqov
«Lokomotiv»: Ma'mur Ikromov, Anzur Ismoilov, Azizbek Haydarov (Yovan Jokich, 90+3), Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduholiqov, Husniddin G‘ofurov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Arslonmurod Omonov, Diyorjon Turopov (Jamshid Iskanderov, 75)
«Ar-Rayan»: Fahad Yunus, Muhammad Olovuddin, Gemin Rivas, Lukka, Rodrigo Tabata, Muhammad Sayyar, Gonsalo Viyera (Yusuf Umar, 46), Muhammad Juma, Sebastyan Soriya Kuintana, Daniel Gumu (Ahmad Al Saadi, 46), Ahmad Masud
Ogohlantirishlar: Rodrigo Tabata (16), Sebastyan Soriya (39), Lukka (45+3), Muhammad Olovuddin (69)

Qatar klubi ilk daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib oldi. Braziliyalik Rodrigo Tabata himoyachilarning xatosidan foydalanib, Ikromov darvozasini ishg‘ol qildi. 22-daqiqada yana bir Janubiy amerikalik futbolchi Gonsalo Viyeyra farqni ikkitaga oshirdi - 0:2. Urugvaylik himoyachi burchak to‘pidan so‘ng gol urdi.

Biroq OChLning joriy mavsumida oxirgi o‘yinini o‘tkazayotganini his qilgan «Lokomotiv» futbolchilari iroda ko‘rsatib, kambek qilishdi. 35-daqiqada Sardor Mirzayev Husniddin G‘ofurovning ajoyib to‘p uzatishidan so‘ng darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib bordi va hisobni qisqartirdi.

Qolganiga katta sahnaga Temurxo‘ja Abduxoliqov va Arslanmurat Amanov chiqishdi. 47-daqiqada Temurxo‘ja Amanovning to‘p uzatishidan so‘ng to‘pni chiroyli tarzda to‘xtatib, gol urdi. 61-daqiqada esa Amanovning o‘ng qanotdan uyushtirgan reydidan so‘ng Temurxo‘ja darvozabon qarshisida ajoyib uzatmani qabul qilib, birtepar usulida gol urdi.

Hakamlar «Ar Rayyan»ning bitta golini inobatga olishmaganini ham ta'kidlash kerak. Bizga yaxshi tanish bo‘lgan Sebastian Soriyaning faolligi sabab qatarliklar hisobni 1:3 ko‘rinishiga keltirishgandi, ammo o‘sha vaziyatda to‘p «Rayyan» futbolchisining qo‘liga tekkanini qayd etib, golni bekor qildi.

Shu tariqa «Lokomotiv» OChLning amalda o‘zi uchun hech narsani hal qilmaydigan o‘yinida iroda ko‘rsatib, g‘alaba qozondi. Bu g‘alabadan so‘ng OChLni tark etgan «temiryo‘lchilar» musobaqa «eshiklarini jahl bilan qattiq yopib ketishdi» desak bo‘ladi. Bu g‘alaba OChLda ahamiyatsiz bo‘lsa-da, Fyodorov jamoasiga chempionat o‘yinlarida ijobiy ta'sir qilishini kutish mumkin...

Top