8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

08:33 / 25.05.2019 14496

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamoliddin Karimovich Aloydinov Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U viloyat hokimining 2019 yil 10 maydagi 352-sonli qaroriga asosan mazkur vazifada ish boshladi.

Namangan24 xabariga ko‘ra, Jamoliddin Aloydinov ushbu lavozimda hozirgacha ishlab kelayotgan Sanjar Inbarovich Qulmurodovning o‘rnini egalladi.

Jamoliddin Aloydinov

Ma'lumot o‘rnida, Jamoliddin Aloydinov 1983 yil 15 mart kuni Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2003 yili O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - tarix fani o‘qituvchisi. 

Mehnat faoliyatini 2003 yilda Buxoro shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘qituvchilikdan boshlagan. U 2006 yildan hozirgi vaqtga qadar Namangan viloyatidagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchi sifatida mas'ul vazifalarda faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Top