8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:33 / 31.05.2019 4140

Xalq bankida interaktiv xizmat turlari ko‘paymoqda

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan “Bank faoliyatida zamonaviy axborot-texnologiyalarni yanada keng joriy etish, elektron bank xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish masalalari” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda Xalq banki tomonidan zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amaliyotga joriy etilgan yangi xizmat turlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

Jumladan, mijozlar o‘z hisob-raqamlarini dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarishlari mumkin bo‘lgan “Internet banking, hisob-raqamlarni mobil aloqa vositasiga o‘rnatilgan maxsus dasturiy ta'minot orqali dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarish imkonini beruvchi— “Korporativ Mobil banking” xizmat turlari tanishtirildi.

Bundan tashqari mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda bank tomonidan ko‘rsatilayotgan masofaviy interaktiv xizmatlarni jozibadorligini oshirish maqsadida “Internet banking” va “Korporativ Mobil banking” tizimlari foydalanuvchilari xisob raqamlaridan pul o‘tkazish jarayonida filial bosh buxgalteri ishtirokisiz xamda filial vakillik hisob raqamidagi mablag‘lar bo‘lish bo‘lmasligidan qat'iy nazar amalga oshirishlari mumkin.

Anjumanda ta'kidlanishicha, bugungi kunda Xalq banki tomonidan 30 mingdan ortiq mijozga masofadan turib, turli bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Bundan tashqari, Xalq bankida mijozlarga hisob raqam ochish, korporativ mobil bankning hamda Internet bankning xizmatlaridan foydalanish mutlaqo bepul amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Xalq banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan “Xalq Mobile” mobil ilovasidan doimiy foydalanuvchilar soni ortib bormoqda. Ushbu ilovada plastik kartalar bo‘yicha kartadan kartaga pul o‘tkazish, kommunal to‘lovlar to‘lash, konversiya amaliyotlarini bajarish funksiyalari yaratilgan.

- Joriy yilning 1 may holatida “Xalq mobile” ilovasi yordamida kommunal to‘lovlar bo‘yicha qariyb 700 mln. so‘m, konversiya operatsiyalari bo‘yicha 10 mln. AQSh dollaridan ortiq, kartadan kartaga pul o‘tkazish bo‘yicha 1,2 trln. so‘m va boshqa to‘lovlar bo‘yicha 1,3 trln. so‘mlik amaliyotlar bajarilgan, - deydi AT Xalq bank Axborot texnologiyalari departamenti direktori Ulug‘bek Diyarov.

Xalq banki tomonidan elektron bank xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida yaqinda Tezkor xizmatlar markazi ishga tushirildi. Ushbu markazda yurtimiz moliya bozori talabidan kelib chiqib, zamonaviy bank xizmat turlari ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi. Ushbu markazda tajribali xodimlar moliya bozori talabidan kelib chiqib, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda yangi bank xizmat turlarini ishlab chiqadi.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar Xalq banki tomonidan tashkil etilgan ushbu markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Xalq banki axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top