Özbekistonda bankirlar davlat pulini qimorga tikib yuborişi bilan boğliq yana bir holat kuzatildi. DXX Samarqand viloyati boşqarmasi ma’lumotiga köra, Xalq bankida bölim boşliği bölib işlagan şaxs 631 mln sömni qimorga tikib yuborgani uçun qamaldi.

«Xalq banki Samarqand filialida çakana savdo bölimi boşliği lavozimida işlagan Ş.Yu. öz mansab vakolatidan foydalangan holda özining nomidagi bank plastik kartasiga noqonuniy ravişda 631 mln söm kirim qilib, uşbu mablağning barçasini onlayn qimor öyiniga tikib yuborgan.

Uşbu holat yuzasidan Ş.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş va 2 yil bank sohalarida moddiy va mansabdorlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qiliş jazosi tayinlangan», deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq, 2022 yil aprelida Xalq banki Uzun filiali sayyor kassiri 278 nafar fuqaroning pensiya va nafaqa pullarini – jami 121,1 million sömni soxta imzo qöyib özlaştirgan va pullarning bir qismini onlayn qimor öyiniga tikib yutqazgani xabar qilingandi.

2022 yil sentabrida esa Andijon viloyati Buloqboşi tumanidagi tijorat banklarining birida faoliyat yurituvçi xodimlar pensionerlarga berilişi kerak bölgan 111 mln söm pullarni talon-toroj qilib, zamonaviy qimor öyinlariga sarflab yuborgandi.

2023 yil iyulida esa Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida öqituvçi hamkasbining kartasidagi pullarni özlaştirib, qimorda yutqazgani ma’lum bölgandi.

  • Eslatib ötamiz, prezidentning 2023 yil 30 noyabrda imzolangan «Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molçilari huquqlarini himoya qiliş va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarşi kuraşişni kuçaytiriş çoralari töğrisida»gi qaroriga köra, Özbekistonda faoliyat olib boruvçi tijorat banklarining kartasi yordamida mamlakatdan taşqarida joylaşgan totalizator taşkilotlari hisobiga pul ötkaziş