8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:16 / 01.06.2019 13660

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: tortishuvga sabab bo‘lgan reklama roligi bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritildi

Joriy yilning 22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga The Coca-Cola Company’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasidan murojaat kelib tushgan. 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati xabarida aytilishicha, ushbu murojaatda N ‘Medov kompaniyasi o‘zi ishlab chiqarayotgan Pankie mahsulotini reklama qilish maqsadida unga tegishli bo‘lgan videorolikka “aynan o‘xshash” bo‘lgan videorolikdan foydalanayotgani, bu holat O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 13 moddasini buzilishi va o‘z navbatida The Coca-Cola Company mualliflik huquqini buzilishiga olib kelishi qayd qilingan. 

Bildirilishicha, ushbu videorolik birinchi marta 2016 yilda namoyish etilgan.

Qo‘mita “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning nohalol raqobat talablariga asoslangan holda, N ‘Medov kompaniyasini Pankie muzqaymog‘i bilan bog‘liq reklama roligini ishlab chiqish va namoyish etish bilan bog‘liq hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etish to‘g‘risida xabardor qilgan.

N ‘Medov kompaniyasi tomonidan Qo‘mitaga taqdim etilgan ma'lumotda, mazkur holat bo‘yicha jiddiy o‘rganish o‘tkazilgani, natijada tushunmovchilik sababli ushbu holatga yo‘l qo‘yilgani, natijada Pankie muzqaymog‘ini reklama qiluvchi videorolik televideniye tarmoqlari, Internetdagi ijtimoiy sahifalardan olib tashlangani, shuningdek kompaniya doimo “Raqobat to‘g‘risida” va “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari tarafdori bo‘lib qolishi ma'lum qilindi, deyiladi xabarda.

Bundan oldin, Coca-Cola O‘zbekistonda o‘z huquqlarini himoya qilgani, Namangandagi ishlab chiqaruvchi yorliq dizaynini o‘zgartirishga majbur bo‘lgani xabar berilgandi.

Top