Raqobat qömitasi yölovçi taşiş uçun buyurtma joylaştiriş va taksi xizmatlarini körsatişga imkon beruvçi vositaçilik (agregator) xizmatlari bozoridagi raqobat muhitini örganiş natijalarini e’lon qildi.

Qömitaga köra, örganişlar 2023 yilning ikkinçi çoragida (ya’ni 2022 yil natijalari böyiça barça yakuniy hisobotlar şakllangandan söng) boşlangan bölib, quyidagi omillar: bozorning öziga xos xususiyatlari, respublikaning har bir hududida uşbu bozorning rivojlanişi turli darajada ekani va alohida jihatlari borligi, şuningdek, “Raqobat töğrisida”gi yangi qonunda ustun mavqeni aniqlaş mezonlari özgargani tahlilning borişiga ma’lum darajada ta’sir qilgan.

Örganiş davomida, yölovçi taşiş (taksi) uçun buyurtma joylaştiriş va taksi xizmatlarini körsatişga imkon beruvçi vositaçilik (agregator) xizmatlari bozoriga quyidagilar qamrab olingan:

  • veb-sayt yoki mobil ilova yordamida buyurtma beriş va haydovçini topiş imkonini beruvçi agregator xizmatlari;
  • agregator xizmatlarining örnini ma’lum daraja bosuvçi telefon orqali dispetçerlik xizmatlari.

Tahlil jarayonida Özbekiston böyiça jami 66 ta faoliyat yuritayotgan xöjalik yurituvçi sub’yekt, şundan 58 tasi dispetçerlik xizmati va 8 tasi mobil ilova orqali agregator xizmatini körsatayotgani ma’lum bölgan.

Aniqlanişiça, bozor uluşlari va körsatilgan xizmatlari yuzasidan faoliyat yuritayotgan xöjalik yurituvçi sub’yektlar içida eng katta bozor uluşi, ya’ni 86,3 foizi Yandex Go platformasi hissasiga töğri keladi.

Şuningdek, bozorning konsentratsiyasi yuzasidan ötkazilgan tahlillarda aniqlanişiça, mazkur xizmat bozorida sanoqli iştirokçilar jami xizmatning asosiy qismini körsatyapti va bu bozordagi holat, jumladan xizmat narxi va sifatiga bir tomonlama ta’sir körsatiş xavfi mavjud..

“Şunga köra, joriy yil 4 dekabr kuni qömita tomonidan “Raqobat töğrisida”gi qonunining 13-moddasiga asosan “YandexGO UB” MÇJ yölovçi taşiş (taksi) uçun buyurtma joylaştiriş va taksi xizmatlarini körsatişga imkon beruvçi vositaçilik (agregator) xizmatlari bozorida ustun mavqega ega xöjalik yurituvçi sub’yekt deb e’tirof etildi.