14:00 / 03.06.2019
6958

10 000 dollarga uxlatgan «shakarchi» qo‘lga olindi - IIV

Illyustrativ foto

2019 yil 31 may kuni Toshkent shahar IIBB TBdan hujjatlar to‘plami tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, shu yil 3 may kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi 53 yoshli B.K. Alimkent 1-tor ko‘chasida, 57 yoshli P.M.ga shakar mahsulotlari bilan oldi-sotdi qilishini aytib, undan 10 000 AQSh dollarini olgan va ushbu pullarni vaqtida qaytarmasdan o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi aniqlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.K. ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top