13:41 / 07.06.2019
4312
Samarqandda gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘ldi, ikki kishi kasalxonaga yotqizildi

2019 yil 6 iyun kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashovchi 47 yoshli R.N. o‘ziga tegishli bo‘lgan Mehrjon MFYda joylashgan avtomashinalar ehtiyot qismlarini sotish do‘konida o‘t yondirish moslamasini (zajigalka) yoqqan vaqtida xonaga to‘plangan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada R.N. va uning17 yoshli o‘g‘li X.T. turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar. 

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Top