2024 yilning yanvar-mart oylarida Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd dollarni taşkil etgan, bu 2023 yilning mos davriga nisbatan 6,2 foizga köp.

Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, birinçi çorakda 360,2 million dollarlik gaz import qilingan. Bu qiymat hisobida 2023 yilning mos davriga nisbatan 2,35 barobar yoki 207,3 mln dollarga köp.

2024 yilning yanvar-mart oylaridagi gaz import qiliş körsatkiçlari:

  • Yanvar – 35,6 million dollar;
  • Fevral – 131,1 million dollar;
  • Mart – 193,5 million dollar.

Öz navbatida, bu davrda gaz eksporti 45,4 million dollarni taşkil etib, ötgan yilga nisbatan qiymat hisobida 2,5 foizga oşgan.

2024 yilning yanvar-mart oylaridagi gaz eksport qiliş körsatkiçlari:

  • Yanvar – 21 million dollar;
  • Fevral – 5,7 million dollar;
  • Mart – 18,7 million dollar.

Avvalroq, joriy yilning dastlabki 3 oyi davomida Özbekistonda gaz qazib oliş hajmi 11,6 mlrd kub metrni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 5,9 foizga qisqargani xabar qilingandi.

Eslatib ötamiz, ötgan yili Özbekiston ilk marta Rossiyadan gaz import qila boşladi. UzGasTrade va “Gazprom” örtasida yiliga 2,8 mlrd kub metr yoki kuniga 9 mln kub metrgaça gaz yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzilgan. Şundan keyin tomonlar örtasida örta va uzoq muddatli şartnomalar böyiça muzokaralar boşlangan