9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

18:51 / 10.06.2019 5987

Musulmon o‘z birodariga zulm qilmaydi, uni xorlamaydi va yolg‘on so‘zlamaydi

“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Islomda birodarlik”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toshkent shahridagi “To‘lqin Akrom o‘g‘li” masjidi imom-xatibi Sahobiddin Sotimov sharhlab berdi.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Abu Hurayradan (r.a) rivoyat qilinadi: “Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam aytdilar: “Bir-birovingiz bilan hasadlashmangiz. O‘zaro narxlashmangizlar. Bir-biringiz bilan g‘azablashmangizlar. Va bir-birovingiz bilan yuz ko‘rmas bo‘lib ketmangizlar. Ba'zilaringiz ba'zilaringizning ustiga savdo qilmasin. Sizlar Allohning birodar bo‘lgan bandalaridan bo‘lingiz. Musulmon musulmon uchun birodardir. Birodar birodariga zulm qilmaydi, uni xo‘rlamaydi va yolg‘on gapirmaydi. Hamda uni tahqirlamaydi. Har bir musulmon uchun musulmonga uning qoni, moli va obro‘yini to‘kish haromdir”.

Ushbu hadis Islom olamida dinning madori deb hisoblangan hadislar sirasiga kiradi. Rasulullohga din bitta o‘zlari bilan sobit bo‘ldi. Islom tez fursatda butun dunyoga yoyildi. Islomda birodarlik ulug‘lanadi. Bu xislat din targ‘ibida ham ko‘zga ko‘rinadi. Ammo ana shu birodarlikni yemiradigan omillar ham borki, undan bizni voqif qilish uchun Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam yuqoridagi hadisni keltirganlar.

Bular nima bo‘lishi mumkin? Hadisda keltirilganidek: hasad, g‘azab, oqibatsizlik, zulm kabi illatlardir. Musulmon musulmonga aka-uka ekan, unga zulm qilmaydi va uni xorlamaydi. Hamda uni aldamaydi. Yuqoridagi hadisning sharhida birodarlik xislati va uning amal qilish kerak bo‘lgan odoblari haqida so‘z boradi.

Top