9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

12:00 / 12.06.2019 5099

Mission Hills - Xitoydagi yirik golf maydoniga sayohat

Golf 450 milliondan ortiq muxlisga ega bo‘lgan, dunyodagi eng mashhur sport turlaridan biri hisoblanadi. Odatda, bu Yevropa, Shimoliy Amerika va Osiyo aholisidir. O‘yin Shotlandiyada paydo bo‘lgan, u yerda golfni XV asrda o‘ynashni boshlashgan, keyin esa butun dunyoga tarqalgan.

Foto: Pinterest

Hozirgi kunga kelib golf maxsus loyihalashtirilgan joyda o‘ynaladi. U golf maydoni deb ataladi. Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan Mission Hills golf-klubi butun dunyodagi mashhur maydonlardan biri. Butun dunyoga dong taratganining sababi uning Ginness rekordlari kitobiga eng katta golf maydoni sifatida kiritilganidir.

Foto: Pinterest

Mission Hills Golf Club golf klubi Mission Hills’ga tegishli va u tomonidan boshqariladi. Klub 1992 yilda rasmiy ochilgan va 2004 yilda dunyodagi eng yirik maydon sifatida tan olingan. Obekt Guanlan shaharchasida joylashgan va uning mazkur tumanda qurilishi bahslarga sabab bo‘lgan. Muammo qurilish uchun yerga ega bo‘lishda edi. Yer noqonuniy tarzda berilgani, ya'ni mazkur shahar aholisidan o‘g‘irlangani to‘g‘risidagi isbotlar mavjud bo‘lgan.

Foto: Pinterest

Dastlab shahar aholisi hukumat yerni mevali bog‘ni qurish uchun olganiga ishongandi. Biroq ishchilar sport inshootini qurishni boshlagach, yolg‘on fosh bo‘ldi. Hudud noqonuniy tarzda olingani haqida ko‘plab isbotlar mavjud bo‘lganiga qaramay, hukumat mazkur ishga umuman e'tibor bermadi.

Golf-klub xizmatlari

Mission Hills Golf Club ko‘plab golf ishqibozlarini jalb etadi. Chunki u 12 ta g‘aroyib maydonlarga ega. Ulardan 11 tasi chempionlik maydonlari sanaladi, ya'ni 18 ta chuqurchalari bor va turli darajadagi turnirlarni o‘tkazish uchun mos keladi.

Foto: Pinterest

Maydonlardan tashqari, bu yerda shahar chekkasidagi klub va golf akademiyasi kabi bir necha qiziqarli obektlar mavjud. Shahar chekkasidagi klubning o‘ziga xos jihati shundaki, unda 52 ta kort va stadionga ega Osiyodagi eng yirik tennis markazi joylashgan. U yerda 3 ming nafar muxlis matchni tomosha qilishlari mumkin.

Foto: Pinterest

Shuningdek, bu joyda spa-salonlar, klub uylari va besh yulduzli mehmonxonalar mavjud.

Top