"Dunyo" xabariga köra, "Osiyoning sirli marvaridlarini kaşf qiling. Yaqin Şarq va undan taşqaridagi 7 ta eng yaxşi yönaliş" sarlavhali maqola muallifi mazkur naşr 2024 yilda sayohat qiliş uçun yettita yaşirin marvaridni tavsiya qilayotgani haqida söz yuritgan. 

Maqolaning mamlakat sayyohlik salohiyatiga bağişlangan bölimi "Özbekiston: Ipak yöli möjizalari va me’moriy uluğvorlik" deb nomlangan. "Markaziy Osiyoning qoq markazida joylaşgan Özbekiston afsonaviy Ipak yöli böylab gullab-yaşnagan boy tarix va madaniy uyğunlikning jonli dalilidir, – deb ta’kidlangan Travel Links jurnalida. – Özbek me’morçiligining uluğvorligini ifodalovçi maftunkor Samarqand şahridagi Registon maydonida mahobatli madrasalar majmuasi joylaşgan".

Muallif qadimiy şaharning dunyoga maşhur diqqatga sazovor joylaridan taşqari uning hali kam örganilgan manzillari böylab sayohat qilişni taklif qiladi. Bu esa tarixiy voqealar çorrahasi bölgan şaharning qadri kamaymaydigan madaniy-ma’rifiy ahamiyatini aks ettiruvçi sirli xazinalarni kaşf etişga kömak beradi.