8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

17:10 / 14.06.2019 16708

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammitida ishtirok etish uchun Bishkekdan Dushanbega jo‘nab ketdi, deb xabar berdi O‘zA.

Bugun, 14 iyun kuni Qirg‘iziston poytaxtida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining o‘n to‘qqizinchi majlisi yakuniga yetdi.

Bishkek sammitida Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

O‘zbekiston prezidenti mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, transport kommunikatsiyalari, axborot texnologiyalari va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlash kabi masalalar bo‘yicha dolzarb fikrlar bildirdi.

Top