8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

12:37 / 17.06.2019 5298

Qo‘shrabotdagi yong‘in bir kishining vafotiga sabab bo‘ldi

16 iyun kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanining Qo‘rolos qishlog‘ida yashovchi M.A.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgani haqda  Samarqand viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi YoXB tuman dispetcherlik xizmatiga xabar bergan. 

Foto: Samarqand viloyati YoXB

Soat 19:30da to‘rtta yong‘in o‘chirish ekipaji voqea joyiga yetib borgan, soat 21:02da yong‘in bartaraf etilgan. Bu haqda viloyat YoXB Kun.uz`ga xabar bermoqda. 

Foto: Samarqand viloyati YoXB

YoXB rasmiy ma'lumotiga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqish taxminiy sababi sifatida M.A. mast holda sigaret chekib uxlab qolgani aytilmoqda. Yong‘inni bartaraf etish chog‘ida M.A.ning jasadi topilgan.

Foto: Samarqand viloyati YoXB

Shuningdek mazkur yong‘in oqibati uy-joyning 100 kvadrat metr mahalliy uslubdagi shifti (uy devori xom g‘ishtdan), uy jihozlari va tunukali tom qismi yongan. 60 kvadrat metr maydon yong‘indan saqlab qolingan.

Top