8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

11:30 / 18.06.2019 39027

Tilla pogonlar, Colt pistoleti va Lego konstruktori. Kim Chen Inning bolaligi qanday o‘tgan?

Foto: GETTY IMAGES

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning ommaga e'lon qilingan yangi biografiyasi uning ko‘pchilikka noma'lum bo‘lgan bolaligi va avval boshdan «buyuk lider» bo‘lib yetishishga tayyorlangan bo‘lajak davlat rahbarining yoshlik yillaridan hikoya qiladi.

Washington Post gazetasi jurnalisti Anna Fifeld mualliflik qilgan kitob «Buyuk voris: Kim Chen Inning muvaffaqiyat va boshqaruv siri» (The Great Successor: The Secret Rise and Rule of Kim Jong Un) deb nomlangan.

Muallif yetakchini shaxsan tanigan ko‘plab odamlar bilan suhbat qurishga muvaffaq bo‘lgan, ular orasida Kimning amakisi va xolasi ham bor. Shuningdek Fifeldning e'tirof etishicha, u bir necha marotaba shimoliy koreyalik amaldorlardan Kim Chen In bilan intervyu uyushtirishga yordamlarini ayamasliklarini so‘ragan, biroq har safar rad javobini olgan.

Kitobning birinchi bobi Shimoliy Koreya yetakchisining hozirgacha juda kam ma'lumotlar orqali ma'lum bo‘lgan ilk yillariga bag‘ishlangan.

Kitob muallifi Anna Fifeld
​​​​​​Foto: Stuff

Bi-bi-sining rus xizmati Kim Chen In biografiyasidan joy olgan bir necha qiziqarli faktlar bilan bo‘lishdi.

1. «Kichik shahzodalar»
Kim atigi 6 yoshligidanoq rasmiy marosimlarda qatnashishni boshlagan. Kitobda qirollikning Pxenyandan janubda joylashgan Sinchon qarorgohi o‘yin xonasida o‘z otasini kutayotgan Kim va uning akasi epizodi tasvirlangan.

«Ular bolalar harbiy kiyimida edilar - oltin tugma va qizil hoshiyali och jigarrang pidjak. Oy shaklidagi bosh kiyimda (furajka) va yelkalarida oltin yulduzli pogon bor edi. Ular misoli mitti generallarni yodga solishardi.

Ota xonada paydo bo‘lganda ular salomlashish uchun xuddi askarlar kabi qad rostladilar. Keng yuzlari juda jiddiy edi. Kim Chen Ir juda mamnun bo‘ldi, o‘g‘illarini amaldor va xodimlarga tanishtirishni istadi. Ularning barchasi kichik shahzodalar bilan salomlashish uchun navbatga turishdi».

2. Texnikaga qiziqish
Kim Chen In bolalikning ilk yillaridanoq texnikaga oid bo‘lgan barcha narsani qadrlardi. KXDR yetakchisiga aylanganidan so‘ng, yoshligidan samolyot va qayiqlarga bo‘lgan qiziqishini e'tirof etdi. Bu ishtiyoq uni yozgi bilim yurtni tamomlab, uchuvchi litsenziyasini olishiga turtki bo‘ldi.

«Bolaligidan Kimning mexanik apparatlarning barcha turlariga mehri baland edi, ayniqsa unga qayiq va samolyotlarning modellari juda yoqardi. U qayiqlar qanday suzishi, samolyotlar qanday uchishini bilgisi kelardi. Pxenyanda yashab yurgan vaqtidagi o‘zining 8 yoki 9 yoshida, Kim Chen In kechalari mexanizmlar bilan tinimsiz tajribalar o‘tkazardi. Qiyinchilikka duch kelsa, tong otguncha ekspertlar bilan muhokama qilishga ham erinmasdi. Agar unda savol tug‘ilsa yoki nimadir ishlamasa, kunning istalgan vaqtida dengiz muhandislariga qo‘ng‘iroq qilib ularni chaqirar va zudlik bilan tushuntirib berishlarini istardi, deb hikoya qiladi uning xolasi».

Taxminlarga ko‘ra, Kim Chen In boshqa nom ostida Shveytsariyada yashab, Berndagi xalqaro maktabda o‘qigan
Foto: GETTY IMAGES

3. «Super Mario» va Jyeyms Bond
Kim Chen Inning yoshlik yillari KXDR tarixidagi eng og‘ir davrga to‘g‘ri keldi - 1990-yillardagi ocharchilik. Ammo Vonsandagi maxsus yopiq shaharda hashamat ichida yashayotgan kichik Kim va uning akasi o‘z xalqi nimadan azob chekayotganidan bexabar edi. Noodatiy ravishda, ularda o‘sha vaqtdagi «Super Mario» eng so‘nggi videoo‘yini o‘ynash huquqi va Sony televizori bor edi.

«Bolalarda har qanday zamonaviy o‘yinchoq do‘konlarini ortda qoldiruvchi o‘yin xonasi mavjud edi. U yerda Lego va Playmobil konstruksiyalari uyumini, butun umrga yetib ortadigan pazzl o‘yinlari qutilarini, hayratga soluvchi o‘qlari haqiqiy bo‘lgan plastik pistoletlarni uchratish mumkin edi. To‘rt g‘ildirakli o‘yinchoqlarning barcha turlari bor bo‘lishiga qaramay, Kim haqiqiy avtomobil va pistoletga ham egalik qilardi: avtomobil otasi tomonidan 7 yoshli bola hayday olishi uchun moslab maxsus buyurtirilgan bo‘lsa, 45 mm kalibrli Colt pistoletini 11 yoshidan kamariga taqib yurgan.

Binolarda ovoz qaytarish xususiyati va akustikani yaxshilovchi yog‘och panellarga ega katta kinozal mavjud bo‘lib, derazalariga yorug‘likni to‘suvchi duxoba pardalar ilingandi. Bolalar yumshoq kreslolarda «Ben Gur», «Drakula» va «Jyeyms Bond» haqidagi filmlarni tomosha qilishardi.

4. Disneylend va Alp chang‘ilarida
1996 yilda 12 yoshli Kim Chen In o‘qish uchun Shveytsariyaga jo‘nab ketadi, u yerda uning akasi Kim Chen Chxol ham tahsil olardi. Ikki yil davomida aka-uka o‘zlarining xolalari Ko Yong Suk bilan birgalikda Bernda istiqomat qilishgan.

«Ularga Yevropada yashash va pulga egalik qilish juda yoqardi. Oilaviy albomlarida bo‘lajak Shimoliy Koreya yetakchisining O‘rta Yer dengizida cho‘milayotgani, Italiyaning ochiq havosida tamaddi qilayotgani tasviri, shuningdek, Parij Disneylendiga tashrifi (bu birinchisi emasdi, u avvalroq ham onasi bilan u yerda bo‘lgan) va Shveytsariyaning Alp chang‘ilarida uchayotgani suratlarini uchratish mumkin».

Top