Rossiya prezidenti Vladimir Putin Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inga tuğilgan kuni munosabati bilan limuzin sovğa qildi. Şu tariqa, BMT Xavfsizlik kengaşi tomonidan Şimoliy Koreya yadroviy dasturi tufayli Pxenyanga qarşi joriy qilingan sanksiyalar buzildi. Bu haqda 20 fevral, seşanba kuni Bloomberg agentligi xabar berdi. Xavfsizlik kengaşi sanksiyalari, xususan, haşamatli buyumlar, jumladan, qimmatbaho avtomobillarni Şimoliy Koreyaga olib kirişni taqiqlaydi.
Avvalroq Şimoliy Koreya davlat axborot agentligi 18 fevral kuni Putin Kim Çen Inga «Rossiyada işlab çiqarilgan şaxsiy avtomobil»ni «hadya qilgani» haqida xabar bergan edi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov gap Aurus avtomobili haqida ketayotganini tuşuntirdi. Peskov uning modeliga aniqlik kiritmadi. Biroq, Rossiya OAV yozişiça, bu Putinning özi boşqaradigan Aurus Senat limuzini bölişi mumkin. Aynan şu maşinani Rossiya prezidenti Kimga 2023 yil sentabr oyida, Rossiyaga taşrifi çoğida körsatgan edi. Rossiya manbalariga köra, Aurus Senat narxi 41 million rubldan (taxminan 440 ming dollar) boşlanadi. Ma’lumki, 8 yanvar kuni Kim Çen In 40 yoşga töldi.
Şimoliy Koreya qurollarini Rossiyaga yetkazib beriş
Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati ma’lumotlariga köra, Pxenyan 2023 yil avgustidan beri Moskvaga 10 marta qurol yetkazib bergan va Ukrainadagi uruşda qöllangan jami 1 millionga yaqin artilleriya snaryadlarini yuborgan. Bir qator ekspertlar Amerika sun’iy yöldoşidan olingan suratlarga tayanib, KXDR ballistik raketalarni ham Rossiya harbiylariga topşirganini da’vo qilmoqda. Moskva ham, Pxenyan ham bunday ta’minot böyiça ayblovlarni qat’iyan rad etadi.
Avvalroq, 2023 yil sentabrida Vladimir Putin Rossiya BMT Xavfsizlik kengaşi tomonidan Şimoliy Koreyaga nisbatan kiritilgan barça çeklovlarga rioya etişini ma’lum qilgandi. Biroq fevral oyi boşida Amerikaning The New York Times naşri xavfsizlik xizmatlaridagi manbalariga tayanib, Moskva BMT sanksiyalari tufayli muzlatib qöyilgan Rossiya bankidagi Şimoliy Koreya aktivlarining bir qismini blokdan çiqargani haqida xabar berdi.












