8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

22:05 / 26.06.2019 3718

Apple haydovchisiz avtomobillar ishlab chiqarishga e'tibor qaratmoqda 

Foto: Regis Duvignau / Reuters

Apple korporatsiyasi haydovchisiz boshqaruv texnologiyali avtomobillar uchun tizimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Drive.ai startapini sotib oldi. Bu haqda Axios agentligi xabar berdi.

Apple ushbu xabarni tasdiqladi, ammo kelishuv miqdorini ma'lum qilmadi. Nashr jurnalistlarining taxminicha, kompaniya startap uchun 77 million dollardan kamroq pul to‘lagan.

Drive.ai Stenford universitetining mashina boshqaruvi bo‘yicha mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan. Apple shuningdek, Drive.ai haydovchisiz avtomobillarini va kompaniyaning boshqa aktivlarini ham sotib olgan.

Axios mazkur kelishuv Apple haydovchisiz avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirganini tasdiqlaydi deb hisoblamoqda.

Top