8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

18:25 / 27.06.2019 8875

Stoltenberg: AQSh Eron bilan hech qanday shartlarsiz muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

Foto: EPA-EFE/OLIVIER HOSLET

AQSh NATO mamlakatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishida Eron bilan hech qanday shartlarsiz muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qildi.

"Eng muhimi, AQSh Eron bilan urushning keragi yo‘qligini aniq-oshkor ma'lum qildi. Ular Eron bilan hech qanday shartlarsiz muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirishdi", - dedi u.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron AQShga hujum qilgudek bo‘lsa, unga “katta kuch”, hattoki yo‘q qilib yuborish bilan tahdid qilgandi. 

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy esa Vashington Eron rahbariyati va harbiy qo‘mondonlariga sanksiyalar kiritganidan so‘ng AQSh ma'muriyatini “aqlan zaiflikda” ayblagandi.

Vashington va Tehronning o‘zi shundoq ham murakkab munosabatlari 13 iyunda Ummon ko‘rfazida ikkita neft tankeri hujumga uchragandan keyin yanada yomonlashgandi. AQSh bu hujumlarda Eronni ayblagan.

Teglar

Top