8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

17:44 / 04.07.2019 30164

Imomali Rahmon o‘zining ikkita qarorgohini yopishga qaror qildi

Foto: president.tj

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Qo‘rg‘ontepa va Ko‘lob shaharlaridagi o‘zining ikkita qarorgohini yopish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Avesta xabar qilmoqda.

«Tojikiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 62-moddasi va Tojikiston Respublikasining «Davlat korxonalari to‘g‘risida»gi qonuni 17-moddasiga muvofiq Tojikiston Respublikasi hukumati qaror qiladi:

«Tojikiston Respublikasi prezidentining Qo‘rg‘ontepa shahridagi qarorgohi» va «Tojikiston Respublikasi prezidentining Ko‘lob shahridagi qarorgohi» davlat unitar korxonalari yopilsin.

Tojikiston Respublikasi prezidenti ijro apparati ikki oy muddat ichida ushbu korxonalarning tashkiliy-huquqiy masalalarini hal qilsin», - deyiladi farmon matnida.

Tojikiston prezidentining Ko‘lob hamda Xatlon viloyatining Bo‘xtar shaharlaridagi qarorgohlarini qurish to‘g‘risidagi qaror 2016 yilda qabul qilingandi.

Hozirgi vaqtda «Qasri Millat» rasmiy qarorgoh hisoblanadi. Bino Dushanbe shahri markazida joylashgan.

Top