18:05 / 05.07.2019
5669
Video: zenitchilar o‘quv-jangovar mashqlarni bajardi

Nukus garnizonidagi harbiy qismlardan birining zenit batareyasi shartli dushmanning yer usti nishonlarini yakson qilish bo‘yicha amaliy mashqlarni bajardi.

«Garnizonning cho‘l va qumli poligonida jazirama issiq va qum bo‘ronlari esishiga qaramay harbiy xizmatchilar shartli dushmanning zirhli texnikalarini birma-bir yakson etdi.

Katta leytenant Farrux Yo‘lchiyev boshchiligidagi zenitchilar divizioni harbiy okrugdagi eng yaxshilardan biri hisoblanadi. Muddatli harbiy xizmatchilar bu kabi amaliy mashg‘ulotlarda ikkinchi bor qatnashayotganiga qaramay, harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tuzib chiqdi va nishonlarni aniq yakson qildi.

Shu bilan birga poligonda Xorazm viloyati quruqlikdagi qo‘shinlarining Havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari o‘rtasida «Eng yaxshi mutaxassis» tanlovi birinchi bosqichining «Eng yaxshi olib yuriluvchi raketa zenit qurilmasi mutaxassisi» va «Eng yaxshi zenit qurilmasi hisobi» yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Leytenanat Abdulatif Abduhalilov boshchiligidagi ZRQ hisobi birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tib, ikkinchi — okrug bosqichiga yo‘llanma oldi.

Zenitchilar jismoniy tayyorgarlik, nazariy bilim va qurilmani amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay bilishi kabi normativlarni ham topshirib, shundan so‘ng shartli dushmanning yer usti nishonlariga qarata o‘q uzdi», deyiladi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabarida.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Top