8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

20:10 / 07.07.2019 13693

MH370 reysini bajargan «Boing» g‘oyib bo‘lishining yangi taxmini bildirildi

Foto: AP Photo / Rob Griffith, File

Aviatsiya sohasi mutaxassisi Tim Termini Malaysia Airlines aviakompaniyasining Kuala-Lumpurdan Pekinga MH370 reysini bajargan yo‘lovchi samolyoti izsiz g‘oyib bo‘lishining yangi taxminini bildirdi. U New York Post nashri jurnalistlari bilan suhbatda samolyot bortida uni atayin yo‘q qilishni rejalashtirgan kimsa bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrni aytgan. 

Mutaxassisning ta'kidlashicha, ushbu kimsa samolyotni qo‘lga olish va yo‘q qilish maqsadida bortga boshqa yo‘lovchilar bilan birga chiqmay, unga avvalroq kirib olib, yashiringan holda parvozni kutib o‘tirgan bo‘lishi mumkin. Termini shuningdek yerda biror kimsa samolyotning boshqaruv tizimini ishdan chiqargan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Samolyot g‘oyib bo‘lishining sabablaridan biri sifatida samolyot sardori Zakariyo Ahmad Shohning xatti-harakatlari ham ko‘rilmoqda. Avvalroq ma'lum qilinganidek, uchuvchi samolyotni yo‘nalishdan atayin og‘dirib, 12 ming metrdan balandroqda uning germetikligini buzgan bo‘lishi mumkin.

Samolyot 2014 yil 8 mart kuni havoga ko‘tarilgandan 40 daqiqa o‘tib Janubiy Xitoy dengizi ustida g‘oyib bo‘lgan. Uning bortida bo‘lgan barcha 238 kishi halok bo‘lgan deb tan olingan.

Bir yil avval malayziyalik tergovchilar aviahalokat sabablarini aniqlay olmaganlarini ma'lum qilishgan. Shuningdek, uchuvchi atayin halokatni uyushtirganining isbotlari yo‘qligi ma'lum qilingan.

Top