Joriy yilning 22 aprel kuni Özbekiston elçixonasi kömagida Malayziyada qiyin ahvolga tuşib qolgan fuqaro vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Ma’lum bölişiça, joriy yilning 5 aprel kuni elçixonaga Samarqand viloyatida istiqomat qilayotgan fuqaro S.X. murojaat qilib, uning 2010 yilda tuğilgan, voyaga yetmagan farzandi X.S. qonuniy vakillarsiz hamda Malayziyada bölib turiş qonun-qoidalarini buzgan holda Kuala-Lumpur şahrida murakkab vaziyatda qolib ketganini bildirgan.
Diplomatik vakolatxona tomonidan X.S.ga Özbekistonga qaytiş guvohnomasi rasmiylaştirib berildi va unga Malayziya Içki işlar vazirligi Migratsiya departamenti tomonidan mamlakatni tark etiş uçun maxsus ruxsatnoma olişda amaliy yordam körsatildi. Natijada, joriy yilning 22 aprel kuni X.S. buvisi hamrohligida Batik Air aviakompaniyasining "Kuala-Lumpur – Toşkent" yönalişi böyiça aviareysi bilan Özbekistonga qaytarildi.













