8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

17:36 / 12.07.2019 13981

Foto: Xonobodda ketma-ket yong‘in chiqdi, shahar markazida archalar yonib ketdi

11 iyul kuni internetda Xonobod shahridagi adirlarda yong‘in kelib chiqqani haqidagi suratlar tarqaldi.

Ma'lum bo‘lishicha, yong‘in shahar markazidagi hammomning orqa tarafidagi adirdan to Xontog‘ hududigacha kuzatilgan.

Bugun, 12 iyul kuni yana Xonobodda yong‘in yuzaga kelgan. Bu safar shahar markazidagi «Anhor» choyxonasi atrofi yongan.

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan ma'lumot berdi.

«11 iyul kuni soat 16:05da shaharning «Istiqlol» MFY o‘ramidagi adirlikning taxminan 60 sotix maydonida qurigan xashaklar yongan. Bugungi yong‘in esa soat 13:50da «Anhor» mahallasining Anhor ko‘chasida kuzatildi. Natijada yo‘l chetidagi shahar obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli 8 tup archa daraxti yonib ketgan. Har ikkala yong‘in ham ochiq olovdan ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan», deyiladi ma'lumotda.

Top