8578.36 USD +3.62

9628.35 EUR -119.41

134.52 RUB -1.31

10742.7 GBP -141.24

14:21 / 13.07.2019 3531

Hindistonda yomg‘irlar sababli yuzaga kelgan suv toshqinlaridan 800 mingdan ortiq kishi jabr ko‘rdi

Foto: AFP 2019 / DIPTENDU DUTTA

Hindistonning Assam shtatida tinimsiz yomg‘irlar sababli yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 800 mingdan ortiq kishi jabrlandi, olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

To‘xtovsiz yomg‘ir yog‘ishi natijasida daryolardagi suv sathi rekord ko‘rsatkichga yaqinlashgan. Sinoptiklarning ogohlantirishicha, yomg‘irlar yana kamida ikki kun davom etadi.

Qayd etilishicha, tabiiy ofat shtatdagi 33 okrugdan 21tasiga talofat yetkazgan. 

Shtatdagi 27 ming gektardan ortiq dalalar suv ostida qolgan.

Top