9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

11:41 / 18.07.2019 4385

«Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri e'lon qilindi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri e'lon qilindi.

Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

davlat xaridlari sub'yektlarining kasbiy mahorati va mas'uliyatlik;

asoslanganlik;

moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi;

ochiqlik va shaffoflik;

raqobat va xolislik;

mutanosiblik;

davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi;

korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.

Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari davlat xaridlari jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llanilishi kerak.

Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari:

davlatning strategik maqsadlari va vazifalariga erishish;

rivojlantirish davlat dasturlarini ijro etish;

davlatning ijtimoiy vazifalarini bajarish;

davlat xizmatlari ko‘rsatish;

davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini ta'minlash uchun davlat xaridlari sub'yektlariga qulay muhitni shakllantirishdan, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiyaga va qonun hujjatlarining boshqacha buzilishlariga qarshi kurashishdan iborat.

Davlat xaridlarini amalga oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ustuvorliklari, shu jumladan yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishlar yaratilishi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, qulay ekologik vaziyat saqlanishi hisobga olinadi.

Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga asosan belgilanadi.

Vakolatli organ davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiradi.

Vakolatli organ:

davlat xaridlari sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;

davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tizimini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda ro‘yobga chiqarishning samaradorligi va shaffofligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi;

maxsus axborot portalini, elektron davlat xaridlari tizimi operatorlarini va ularning davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati qoidalarini belgilaydi;

taklifni baholash va taqqoslash usullarini hamda mezonlarini, shuningdek xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi;

iqtisodiy jihatdan eng foydali taklifni baholash usulini qo‘llash tartibini (baholashning narxga asoslanmagan mezonlarini) belgilaydi;

davlat xaridlari bo‘yicha axborotni joylashtirish, oshkor qilish va undan foydalanish tartibini hamda hajmlarini, shuningdek tovarga (ishga, xizmatga) hamda davlat xaridlarini amalga oshirish usuliga qarab e'lon qilishga doir qo‘shimcha talablarni belgilaydi;

xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish to‘g‘risidagi e'lonlarning, xarid qilish hujjatlarining namunaviy nusxalarini tasdiqlaydi;

Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibini belgilaydi;

Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaga kelib tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi;

davlat xaridlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bajarilishi ustidan monitoring va nazoratni ta'minlaydi.

Vakolatli organ, zarur hollarda davlat xaridlari sohasida qonun buzilish holatlari aniqlanganda yoki ehtimoli mavjud bo‘lgan holatlarda ularni zudlik bilan bartaraf etish hamda oldini olish bo‘yicha davlat buyurtmachilariga tegishli ko‘rsatmalar berishga, shuningdek davlat organlaridan amalga oshirilgan davlat xaridlari bo‘yicha nazorat va monitoring natijalarini olishga xaqlidir.

Vakolatli organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Ushbu Qonun maqsadlari uchun davlat buyurtmachilari deganda quyidagilar tushuniladi:

1) budjet buyurtmachilari:

davlat organlari;

budjet tashkilotlari;

xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan budjet mablag‘larini oluvchilar;

davlat maqsadli jamg‘armalari;

2) korporativ buyurtmachilar:

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar;

ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar;

tabiiy monopoliyalar sub'yektlari va qonunchilikka muvofiq mahsulotining narxini vakolatli davlat organlari bilan kelishishi shart bo‘lgan boshqa korxona va tashkilotlar;

strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar.

Davlat buyurtmachisi:

mustaqil ravishda yoki ixtisoslashgan tashkilotni jalb etgan holda tovarning (ishning, xizmatning) boshlang‘ich narxini belgilash, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno;

ikkinchi bosqich yakunlari bo‘yicha tender tarzida xarid qilish tartib-taomilini o‘tkazishda g‘olib bilan narxni pasaytirish to‘g‘risida muzokaralarga kirishish huquqiga ega.

davlat xaridlarini amalga oshirishda o‘z rasmiy veb-saytiga yoki o‘zining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalariga e'lon joylashtirish;

xarid qilish tartib-taomillarining barcha ishtirokchilariga tatbiq etiladigan takliflarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari takliflarining amal qilish muddatini muayyan davrga uzaytirish to‘g‘risidagi taklif bilan ularga murojaat qilish;

ikkinchi bosqich yakunlari bo‘yicha tender tarzida xarid qilish tartib-taomilini o‘tkazishda g‘olib bilan narxni pasaytirish to‘g‘risida muzokaralarga kirishish huquqiga ega.

Davlat buyurtmachisi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Davlat buyurtmachisi:

davlat xaridlarini rejalashtirishi;

ushbu Qonunga muvofiq xarid qilish tartib-taomili turini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat xaridlarini amalga oshirishi;

davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda elektron davlat xaridlari tizimida joylashtirishi;

xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) va davlat xaridlarining tartib-taomillari bilan bog‘liq so‘rovlari bo‘yicha ularga qonun hujjatlariga muvofiq tushuntirishlar berishi;

xarid qilish tartib-taomillarining g‘olib deb topilgan ishtirokchilari bilan shartnomalar tuzishi, shuningdek ularning ijro etilishini ta'minlashi;

bo‘lajak davlat xaridlari to‘g‘risidagi e'lonlarni faqat moliyalashtirish manbalari va miqdorlari mavjudligi tasdiqlangan taqdirdagina elektron davlat xaridlari tizimida va boshqa ommaviy axborot vositalariga joylashtirishi shart.

Davlat buyurtmachisining zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Top