9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

08:39 / 22.07.2019 6510

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 19,6 mlrd dollarni tashkil etdi

Foto: REUTERS

2019 yil yanvar-iyun oyi yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 19 683,2 mln. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29,8 %ga o‘sdi. 

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, eksport hajmi 8 437,6 mln. AQSh dollarga (o‘sish sur'ati 27,0 %) va import hajmi 14 245,6 mln. AQSh dollariga (o‘sish sur'ati 32,0 %) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 2 808,0 mln. AQSh dollarini tashkil qildi.

2019 yilning yanvar-iyun oyida eksport qilingan tovar va xizmatlar, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 793,5 mln. AQSh dollarga ko‘proq eksport qilindi, tovar va xizmatlar importi hajmi esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 726,5 mln. AQSh dollariga ko‘proqdir. 

2019 yil yanvar-iyun oyida eksport hajmi 8 437,6 mln. AQSh dollarga (o‘sish sur'ati 27,0 %) teng bo‘ldi. Eksport tarkibida tovarlar 81,5 % ulushga ega bo‘lib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (16,8 %), oziq-ovqat mahsulotlari (9,4 %), to‘qimachilik va to‘qimachilik buyumlari (9,1 %), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar (5,8 %) hamda qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (1,7 %) hissasiga tog‘ri kelmoqda. Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 6 343,0 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 24,7 %ga o‘sdi. 

Joriy yilning yanvar-iyun oyida import hajmi 11 245,6 mln. AQSh dollariga (o‘sish sur'ati 32,0 %) teng bo‘ldi. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (43,6 %), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,3 %) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (8,2 %) hisobiga to‘g‘ri keldi. 

Top