9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

07:52 / 01.08.2019 19225

«O‘zbekko‘mir» 15ta «BELAZ» gigant avtomobilini xarid qildi

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Prezidentning 2019 yil 7 martdagi PQ-4234-sonli «O‘zbekko‘mir» AJ boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror ijrosini ta'minlash, ko‘mir qazib olish tizimini takomillashtirish, aholiga sifatli mahsulotlar yetkazib berish maqsadida «O‘zbekko‘mir» AJga Belarus davlatidan 15 ta «BELAZ-75131» rusumli yuk tashuvchi og‘ir texnika keltirildi.

Ushbu texnikalardan Angren ko‘mir konining yuqori qatlamni ochish ishlarida samarali foydalanish ko‘zda tutilgan. «BELAZ» rusumli yuk tashuvchi transport vositasini yig‘ish ishlari uchun belaruslik va mahalliy mutaxassislardan iborat 2 ta ishchi guruh tashkil etilgan edi.

«BELAZ-75131» so‘nggi rusumdagi Cummins KTA50-C dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, 130-136 tonna yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega. Rul chambaragi gidravlik boshqaruv asosida ishlaydi. Yirik texnikaning sof og‘irligi 107 100 tonnani tashkil etadi. Mazkur yuk tashuvchi transportiga 33.00-51; 33.00R51; 36/90-51 o‘lchamdagi shinalar o‘rnatilgan. 

«BELAZ»ning balandligi 5900 (±80sm), uzunligi 12050 (±100sm)ga teng. Yoqilg‘i bakining hajmi 1900 litr. To‘rtta tomonidan atrofni tasvirga olib bir vaqtning o‘zida boshqaruv bo‘linmasiga uzatuvchi kameralar bilan jihozlangan ushbu og‘ir yuk tashuvchi transport vositasi haydovchiga atrofni qiyinchiliklarsiz nazorat qilishni kafolatlaydi.

Shu kungacha «O‘zbekko‘mir» AJ tarkibida 30, 45 va 110 tonna yuk ortish imkoniyatiga ega BelAZ yuk tashuvchi texnikalari mavjud edi. Endilikda aksiyadorlik jamiyati 136 tonnalik gigant avtomobilga ham ega bo‘ldi.

«BELAZ» OAJ bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra yana 8 ta ana shunday yirik yuk tashish transportini olib kelish rejalashtirilgan.

Top