9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

18:15 / 07.08.2019 51222

IIBB: qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan «Lasetti» haydovchisini qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda

Internet tarmog‘ida qarama-qarshi harakat yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan avtomobil tasvirlangan videolar tarqaldi.

Poytaxt IIBB ma'lum qilishicha, bugun, 7 avgust kuni taxminan soat 12.15da Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida qarama-qarshi harakat yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan "Lasetti" rusumli avtomobil Toshkent shahar IIBB YPX inspektorlarining nazariga tushgan.

YPX inspektorining to‘xtash haqidagi ishorasiga haydovchi bo‘ysunmagan. Hozirda qoidabuzar avtomobilining davlat raqami aniqlanib, qoidabuzar haydovchini qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

 

Top