Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qarama-qarshi yo‘lda katta tezlikda harakatlangan «Lasetti» haydovchisi sudga tortiladi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Lasetti” rusumli transport vositasi yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib harakatlangani aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Joriy yil 24 avgust kuni taxminan soat 22.20 larda 1986 yilda tug‘ilgan J.M. “Lasetti” rusumli transport vositasini tegishli hujjatlarsiz, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan holda boshqarib, Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida yo‘l qarama-qarshi tomonida harakatlangan.
Huquqbuzarlik sodir etgan J.M.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 128-5-moddasi 2-qismi, 135-modda, 194-modda bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
To‘plangan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudiga taqdim etildi.
Mavzuga oid
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
11:11 / 26.12.2025
Toshkentda soxta treyderga aldangan yigit bankomatni buzib, pul olmoqchi bo‘ldi
11:28 / 23.12.2025
Yo‘l talashish janjalga aylandi: Chilonzordagi holatga rasmiy izoh berildi
13:50 / 08.10.2025