9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

09:36 / 07.08.2019 7894

O‘zganing omonatiga xiyonat qilgan haydovchi qo‘lga olindi

2019 yil 30 iyul kuni noma'lum shaxs Namangan shahrida Mehnatobod MFY Balandariq ko‘chasida joylashgan to‘yxona oldida Pillakash ko‘chasida yashovchi 57 yoshli I.Ya. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Spark” rusumli avtomashinasi deraza oynasini ochgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u mashina salonidan 50 yoshli O.J.ga tegishli 6 900 000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni haydovchi I.Ya.ning o‘zi sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Top