9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

16:30 / 09.08.2019 1907

Tashqi ishlar vazirligida Hindiston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: Flickr / Ravinder M. A.

8 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Hindistonning favqulodda va muxtor elchisi Santosh Ja bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarining holati ko‘rib chiqildi va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma investitsion loyihalarda Hindiston tomoni ishtirok etishining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida Hindiston vakillarining shu yil sentabr oyida Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalida ishtirok etishiga qiziqish bildirildi.

Shuningdek, uchrashuvda turli darajalardagi O‘zbekiston-Hindiston tadbirlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Top