9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

07:39 / 12.08.2019 5072

AQShda bolalar bog‘chasidagi yong‘inda 5 bola halok bo‘ldi

Foto: Greg Wohlford/Erie Times-News via AP

AQShning Eri shahridagi Harris Family Day xususiy bolalar bog‘chasida yuz bergan yong‘inda 5 bola halok bo‘ldi. Bu haqda CBC telekanali xabar berdi.  

Ta'kidlanishicha, yong‘in haqidagi xabar 11 avgust tungi soat birlar atrofida kelib tushgan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 4 daqiqada yetib borishgan, biroq bino alanga bilan to‘liq qamrab olingan bo‘lgan. 12 va 17 yoshli ikki bola omon qolishga muvaffaq bo‘lgan, ular tomga chiqib, u yerdan pastga sakrashgan. O‘t o‘chiruvchilar bog‘cha egasi va uning qo‘shnisini qutqarib qolishgan, jabrlanuvchilar shifoxonaga yetkazilgan. 

The Washington Post nashri ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan bolalar 8 oylikdan 7 yoshgacha bo‘lgan. Yong‘in sababi aniqlashtirilmoqda, tergov boshlangan. Shahar ma'muriyatida ma'lum qilinishicha, bog‘chada faoliyat yuritish uchun barcha ruxsatnomalar bor bo‘lgan.

 

Top