12:10 / 12.08.2019
6467
Toshkent viloyatida fuqaro 7 kilogrammdan ortiq «marixuana» bilan qo‘lga olindi
Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining Pskent tumanida “Qoradori-2019” keng qamrovli tadbiri o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Uning davomida 2019 yil 8 avgust kuni Olmaliq shahrida yashovchi 51 yoshli A.K. Namuna mahallasi hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Olmaliq” yo‘lining chetida 7 kg. 420 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasini qo‘lidagi qop ichida olib ketayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Top