Toşkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev «Telefonsiz maktab» loyihasini faol qöllab-quvvatlagani uçun Angren şahridagi 17-son umumiy örta ta’lim maktabi direktori Zebo Mahkamovaga 300 million söm pul mukofotini topşirdi.
Qayd qilinişiça, uşbu maktab 50 kundan buyon yangi loyihani faol tatbiq qilib kelmoqda.
Şu yil fevral oyida Zoir Mirzayev maktab direktorlari bilan ötkazgan muloqotida «Telefonsiz maktab» tizimini joriy etiş, telefondan foydalanmaslik taklifini ilgari surib, buni amalga oşirgan maktablarni 300 million söm bilan taqdirlaşga va’da bergan edi.
Keyinroq, Angren şahridagi 13- va 17-son umumta’lim maktablarida «Telefonsiz maktab» tizimi joriy etilgani, öqituvçilar va öquvçilarning telefonlari maxsus javonlar, qutilarga solib qöyilayotgani haqida xabar berildi. Ta’kidlanişiça, bu çora öquvçilarning e’tiborini ustozlar tomonidan berilayotgan bilimlarni yanada çuqurroq egallaşga qaratadi.
Şuningdek, ota-onalar kuzatuv kengaşi bilan maktab ma’muriyati yiğiliş ötkazib, ta’lim muassasasida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi ilgari surilgani va bu barça tomonidan birdek ma’qullangani aytildi.
Maktablarda telefondan foydalanişni tartibga soluvçi qoidalar «Telefonsiz maktab» tizimi taşabbusidan ham ança oldinroq qabul qilingan. Jumladan, bunday me’yorlar Vazirlar Mahkamasining 2012 yildagi «Özbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida belgilab qöyilgan.
Qarorga köra, ta’lim muassasasiga kirib kelişda har bir ta’lim oluvçi, xodim, keluvçi va boşqa şaxslar öz telefoni abonentining çaqiruv ovozini töliq öçirib qöyişi («ovozsiz» rejimga ötkazişi) şart.
Öquv maşğulotlari va tadbirlar (saflaniş, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va şu kabilar) boşlanişidan oldin telefonni töliq öçirib, portfeli, sumkasi va şu kabilarga solib qöyişi kerak.
Ta’lim oluvçilarga boşqa narsalar qatori, öquv maşğulotlari vaqtida telefon orqali sözlaşiş hamda SMS (MMS) va boşqa turdagi xabarlarni jönatiş taqiqlanadi.









