9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

12:54 / 14.08.2019 10809

Uy sharoitida yetishtirilayotgan giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekinlar tezkor vakillar tomonidan fosh etildi

Foto: IIBB axborot xizmati

Tezkor profilaktik tadbirlar natijasida Shayxontohur tumanida yashovchi 45 yoshli B.S. xonadonining balkonida giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekin tupini – hind nashasini yetishtirayotgani ma'lum bo‘ldi. 

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, joriy yilning 8 avgust kuni, taxminan soat 22:10da B.S.ning xonadonini tekshirish jarayonida jinoyat qidiruv xodimlari 10 dona gul tuvagida 15 tup nasha o‘simligini aniqlashdi. 

Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi (“ Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, joriy yilning 11 avgust kuni taxminan soat 19:05da jinoyat ishi yuzasidan o‘tkazilgan tergov jarayonida Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan Olmazor tumanida yashovchi 49 yoshli T.A. uyining balkonida gul tuvaklarda 4 tup giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekin – hind nashasini yetishtirayotgani hamda 1,37 gramm “marixuana” saqlayotgani aniqlandi uni huquq-tartibot organlari vakillariga topshirdi. 

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top