Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Çortoq-Namangan yönalişida harakatlanayotgan “Nexia” rusumli transport vositasi töxtatilib, közdan keçirildi.
Natijada, avtomaşinada yölovçi sifatida ketayotgan Çortoq tumanida yaşovçi, muqaddam sudlangan şaxsning yonida 2 kg 47 gr “gaşiş” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Şuningdek, uning yaşaş xonadonidan ham kelgusida sotiş maqsadida saqlanayotgan 4 kg 942 gr “gaşiş” moddasi olindi.
Ötkazilgan tezkor tadbir natijasida jami 6 kg 989 gr “gaşiş” giyohvandlik vositasi aşyoviy dalil sifatida olindi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida, uşbu narkotik moddalar muqaddam qirğizistonlik narkokurerlar tomonidan Çortoq tumaniga olib kelinib, xufiya joyga qoldirib ketilgani ma’lum böldi.
Davlatobod tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda, Yangiqörğon tumanida yaşovçi, muqaddam sudlangan şaxs özining boşqaruvida bölgan “Lasetti” rusumli avtomaşinada 1 kg 842 gr “gaşiş” moddasini Namangan şahrida istiqomat qiluvçi fuqaroga 14 ming AQŞ dollariga sotişga kelişib, kelişilgan puldan 10 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlandi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida, uşbu giyohvandlik vositasini qirğizistonlik narkokurer muqaddam Yangiqörğon tumanidagi xufiya joyga qoldirib ketganligi ma’lum böldi.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida yaşovçi 3 nafar fuqaro Tojikistondan olib kelingan 936 gr “opiy” moddasini xaridorga berib, undan kelişilgan pul mablağini olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va içki işlar organlari xodimlari tomonidan uşlandi.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy şerigi bölgan urgutlik şaxs ham uşlandi.
Mazkur şaxslarning 2 nafari muqaddam sodir etgan jinoyatlari uçun sudlangan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Quvasoy şahrida yaşovçi şaxs muqaddam tojikistonlik jinoiy şerigi tomonidan Quvasoy şahridagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 950 gr “gaşiş” moddasini olib, uni hamşahariga pulini keyinçalik beriş şarti bilan 6 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtida uşlandi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida, uşbu narkotik savdosiga Quvasoy şahrida yaşovçi fuqaro ham aloqador ekani aniqlanib, u ham qölga olindi.













