9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

22:20 / 15.08.2019 2182

O‘zbekiston-Koreya: farmatsevtika sohasida hamkorlik yangi bosqichga o‘tmoqda 

Shu kunlarda O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida o‘zbekistonlik delegatlar Seul shahrida bo‘lib o‘tgan Farmatsevtika sohasi bo‘yicha Koreya-O‘zbekiston biznes forumida ishtirok etdi, shuningdek, qator rasmiy uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazdi. O‘zbekiston delegatsiyasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Laziz Kudratov, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Abdusalamov, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi direktori Sardor Kariyev, Agentlikning bo‘lim boshliqlari va yetakchi mutaxassislari hamda O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi 30 ga yaqin farmatsevtika kompaniyalari rahbarlaridan tashkil topgan.

Farmatsevtika klasterini tashkil etish loyihasi doirasida o‘zbekistonlik delegatlar Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot vazirligi, Farmatsevtika va biofarmatsevtika ishlab chiqarvuchilari birlashmasi (KPBMA), KBIOHealth va boshqa idoralar rahbarlari va vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda Koreya tomoni ishtirokida loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuning doirasida Osong shahrida joylashgan farmatsevtika klasteri faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Klaster rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Toshkent viloyatining Qibray tumani hududida O‘zbekiston-Koreya farmatsevtika klasterini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi direktori Sardor Kariyevning aytishicha, Koreya kompaniyalari ushbu klasterda ishtirok etish va ishlab chiqarishni tashkil etishdan manfaatdor ekanliklarini bildirgan.

Yaqin vaqt ichida Osong farmatsevtik klasteri rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifi reja qilindi. Uning doirasida tegishli vazirlik va idoralar vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi va loyihani amalga oshirish uchun ajratilgan maydon ko‘zdan kechiriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi va Koreyaning Anyan Universiteti (Anyang University) o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Undan maqsad, farmatsevtika ta'limi va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish va ikki tomon imkoniyatlarini kegaytirishdir.

Top