Bugun, 26 fevral kuni jami 23 kişi ayblanayotgan «Dok-1 Maks» işi doirasida sud hukmi e’lon qilindi.

Sudlanuvçilarga nisbatan quyidagi jazo çoralari tayinlandi:

Singh Ragvendra Pratar (1972 yilda Hindiston Respublikasida tuğilgan, “Quramax Medikal” MÇJ direktori lavozimida işlagan) Jinoyat kodeksining 28, 209-moddasi 1-qismi bilan aybsiz, deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-qismi 2, 3-bandlariga asosan oqlandi. Singh Ragvendra Pratap Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi, 213-moddasi 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi. Jazoni ötab bölganidan keyin Singh Ragvendra Pratapni Özbekiston Respublikasidan taşqariga çiqarib yuboriş belgilandi.

B.Qambaraliyev (1978 yilda Namangan viloyatida tuğilgan, “Quramax Medikal” MÇJ savdo direktori lavozimida işlagan) Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi va 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 4 yil 3 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan ötaş uçun 3 yil 11 oy 18 kun ozodlikni çeklaş jazosi qoldirildi.

N.Mirzaahmedova (1992 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, “Quramax Medical” MÇJ röyxatga oliş böyiça menejyeri lavozimida işlagan) Jinoyat kodeksining 28,186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi. N. Mirzaaxmedovaga nisbatan Jinoyat kodeksning 72-moddasiga asosan tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi şartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.

E.Mirzaahmedov (1976 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, “Quramax Medical” MÇJ boş hisobçisi lavozimida işlagan) Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.