9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

08:08 / 16.08.2019 2585

Xitoyda ko‘chki sababli 17 kishi bedarak yo‘qoldi

Foto: VCG

Xitoyning Sichuan provinsiyasida joylashgan Ganlo uyezdida ko‘chki oqibatida 17 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda China Daily nashri xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, voqea 14 avgustda tog‘ jinsining bir qismi to‘satdan Chendu va Kunmin shaharlari o‘rtasidagi temir yo‘l qismiga qulaganda yuz bergan.

Ta'kidlanishicha, uyumlar ostida temir yo‘lning 70 metrlik qismi hamda voqea vaqtida u yerda ta'mirlash ishlari olib borayotgan o‘nlab xodimlar qolgan. Qutqaruvchilar 11 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lishgan.

Ma'lum qilinishicha, voqea joyida 400 ga yaqin qutqaruvchi va 14 ta texnika ish olib bormoqda. 

Top