11:10 / 16.04.2024
4076

O‘zbekistonning 6 hududida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Respublikaning tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Foto: Getty Images

O‘zbekistonning oltita hududida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunga 16-22 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sabab bo‘ladi. 

Shu bois respublikaning tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi. Jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumani.
Mavzuga oid
Top