23:00 / 17.08.2019
10208
La Liga. «Real» 10 futbolchi bo‘lib «Selta»ni mag‘lub etdi

Ispaniya chempionatida 1-tur o‘yinlari davom etmoqda.

«Real» safarda «Selta» bilan o‘ynadi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

12-daqiqada Beylning chap qanotdan oshirgan to‘pini Benzema yaqin masofadan darvozaga yo‘lladi. 56-daqiqada Modrich raqibining oyog‘ini bosib olgani uchun maydondan chetlatildi. 

61-daqiqada Kroos uzoqdan kuchli zarba bilan chiroyli gol urdi. 80-daqiqada Lukas hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. So‘nggi daqiqada Losada 1ta javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

La Liga, 1-tur
Selta – Real Madrid 1:3 

17 avgust, «Balaydos» stadioni
Gollar: 0:1 – 12 Benzema, 0:2 – 61 Kroos, 0:3 – 80 Vaskes, 1:3 – 90 Losada. 
Selta – Ruben Blanko, Olasa, Vaskes, Kostas, Arauxo, Denis Suares, Mendes, Lobotka (Sisto, 75), Beltran (Diop, 83), Fernandes (Losada, 88), Aspas.
Real Madrid – Kurtua, Odriosola, Varan, Ramos, Marselo, Modrich, Kazemiro, Vinisius Junior (Vaskes, 69), Kroos, Beyl (Isko, 75), Benzema (Yovich, 81).
Ogohlantirishlar: Vaskes (7), Ruben Blanko (12), Aspas (12), Vinisius Junior (36), Fernandes (49), Odriosola (64), Kostas (74).
Chetlatish: Modrich (56).

Top