17:20 / 05.09.2019
0
5395
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun qaysi postda qancha vaqt sarflanmoqda? Avgust oyi natijalari
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Davlat bojxona qo‘mitasi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan tovar va transport vositalarining eksporti va importida bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflangan o‘rtacha vaqti haqida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, ma'lumot bojxona postlari kesimida 2019 yil avgust oyi yakunlari bo‘yicha taqdim etilgan.

Eksport

“Andijon” TIF bojxona posti – 6 daqiqa 34 soniya;

“Denov” TIF bojxona posti – 10 daqiqa 47 soniya;

“Qo‘ng‘irot” TIF bojxona posti – 11 daqiqa 13 soniya.

Import

“Jarqo‘rg‘on” TIF bojxona posti – 20 daqiqa 22 soniya;

“Muborak” TIF bojxona posti – 28 daqiqa 7 soniya;

“Asaka” TIF bojxona posti – 33 daqiqa 28 soniya.

To‘liq ro‘yxat bilan ushbu sahifa orqali tanishish mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top