O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini aniqlash tartibi o‘zgaradi

Foto: Kun.uz
Davlat bojxona qo‘mitasining “O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari miqdorini aniqlash bo‘yicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha bilan nizomga quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish nazarda tutilgan:
- Vazirlar Mahkamasi qarori hamda Davlat bojxona qo‘mitasining “Bojxona qiymati deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori bilan qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan nizomning 3-ilovasida keltirilgan hujjatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar (bir necha turdagi hujjatlar chiqarib tashlanmoqda) kiritilmoqda;
- dastlabki qarorlar asosida tovarlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq bojxona operatsiyalari birinchi navbatda amalga oshirilishi belgilanmoqda;
- tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari yoki jismoniy shaxslar tomonidan dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun dastlabki qaror olish yuzasidan murojaat etish mumkinligi hamda ushbu murojaatga asosan dastlabki qaror qabul qilish tartibi kiritilmoqda (bojxona qiymatini va uni aniqlash usuli, shuningdek tovarga tegishli hujjatlar va ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan holatlar uchun);
- dastlabki qaror olish yuzasidan berilgan arizada ko‘rsatilgan bojxona qiymatini aniqlash usulini hamda ma’lum qilingan bojxona qiymatini qo‘llash mumkin emas deb topilganda hollarda manfaatdor shaxsning roziligi bilan bojxona organi tomonidan mustaqil ravishda bojxona qiymatini va uni aniqlash usulini ketma-ketlikda belgilash orqali arizani ko‘rib chiqilishi va dastlabki qaror qabul qilish tartibi kiritilmoqda;
- dastlabki qaror qabul qilingandan so‘ng dastlabki qaror qabul qilingan tovarning bojxona to‘lovlariga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan holatlar (valuta kursining o‘zgarishi, bojxona to‘lovlari stavkalari va imtiyozlari bo‘yicha qonunchilik hujjatlari o‘zgarishi) belgilab berilmoqda;
- dastlabki qaror olish yuzasidan taqdim etiladigan arizaga bojxona qiymatini aniqlash uchun ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati qisqartirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06 / 01.06.2025
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27 / 01.06.2025
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10 / 01.06.2025
-
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi
Jahon | 21:44 / 01.06.2025
Mavzuga oid

13:55 / 29.05.2025
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi

08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi

22:43 / 20.05.2025