08:47 / 06.09.2019
1
13240
Dunyoning eng boy erkaklaridan biri biznesini ayol kishiga topshirishni rejalashtirmoqda 
Foto: Nikkei Asian Review

Fast Retailing reteyl-imperiyasi asoschisi va Uliqlo do‘konlari tarmog‘i egasi, Yaponiyaning eng boy tadbirkori Tadasi Yanai o‘z biznesini ayol kishiga topshirishni istamoqda. U bu haqda Bloomberg axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Milliarderning fikricha, ayol rahbarlar talabchanroq va e'tiborliroq hamda “nafis tuyg‘uga ega” bo‘ladilar. Yanai, shuningdek, Fast Retailing’da ko‘proq, 50 foizdan ziyodroq ayollar ishlashini rejalashtirmoqda. Ayni vaqtda kompaniyada ayollar 6 ta rahbarlik lavozimini egallaydi. Tadbirkorning vorisi Uniqlo’ning Yaponiyadagi rahbari Maki Akayda bo‘lishi mumkin.

Tadasi Yanai Yaponiyaning eng boy tadbirkori hisoblanadi. Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 22,2 mlrd dollarga baholanib, milliarderlar jahon reytingida 41-o‘rinni egallaydi. Uning oilasiga Fast Retailing’ning 44 foizi tegishli. Unga tegishli ilk Uniqlo do‘koni 1984 yilda Yaponiyada ochilgan. Hozirda kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab 3,2 mingdan ko‘proq do‘koni bor. 2018 yilda tarmoqning savdo hajmi 18,9 mlrd dollarni tashkil qilgan.   

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top