17:52 / 25.09.2019
0
21429
O‘zbekistonga jismoniy shaxslarning pul o‘tkazmalari miqdori ma'lum bo‘ldi
Foto: Pascal Lauener / Reuters

2019 yil I yarmida O‘zbekistonga jismoniy shaxslarning transchegaraviy pul o‘tkazmalari 2,59 mlrd dollarni tashkil etdi. 

Markaziy bankning 2019 yilning I yarim yili uchun to‘lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi, shuningdek, tashqi qarz bo‘yicha ma'lumotlarida aytilishicha,  2018 yil I yarmida ushbu ko‘rsatkich 2,28 mlrd dollarga teng bo‘lgan.

O‘z navbatida, 2019 yil I yarmida O‘zbekistondan o‘tkazmalar miqdori 467 mln dollarni tashkil qildi. 2018 yil I yarmida - 401,1 mln dollar. 

2019 yil I yarmida eng ko‘p pul o‘tkazmalari MDH davlatlaridan amalga oshirilgan - 2,15 mlrd dollar. Bunda kuchli uchlik quyidagicha ko‘rinishga ega: Rossiya Fedepatsiyasi - 1,97 mlrd, Qozog‘iston - 144,1 mln, Qirg‘iziston - 16,6 mln dollar. 

Qolgan mamlakatlar hissasiga 433,9 mln dollar to‘g‘ri keldi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top